Butun savdo jarayoni — qo‘lingizda

Savdo, qarz, ombor va sotuvchilar maoshini bitta dasturda yuritasiz. Kassada kompyuter turadi, cho‘ntagingizda telefon. Har savdo Telegram’ingizga keladi.

Birinchi oy bepulO‘zimiz sozlab beramizTovarlaringizni Excel’dan ko‘chiramiz

Windows dasturini yuklab olish (Windows 10 va 11)

App Store va Play Market tez kunda

🧾 Kurtka qishki 690 000 Naqd🧾 Ko‘ylak klassik, oq 185 000 Karta🧾 Krossovka oq 420 000 Aralash🧾 Jinsi shim, ko‘k 260 000 Qarzga · Malika🧾 Futbolka paxta, qora 79 000 Naqd🧾 Sviter jun 210 000 Karta🧾 Kepka 65 000 Naqd🧾 Kurtka qishki 690 000 Naqd🧾 Ko‘ylak klassik, oq 185 000 Karta🧾 Krossovka oq 420 000 Aralash🧾 Jinsi shim, ko‘k 260 000 Qarzga · Malika🧾 Futbolka paxta, qora 79 000 Naqd🧾 Sviter jun 210 000 Karta🧾 Kepka 65 000 Naqd

Tanishmi?

Do‘konda kuningiz shunday o‘tadimi? NeoKassa bilan boshqacha bo‘ladi.

Odatda
NeoKassa bilan
Qarz
Daftarga yozasiz. Daftar yo‘qolsa, kim qancha qarzligi ham yo‘qoladi
Qarz savdoning o‘zidan yoziladi. Muddati kelganlarni dastur o‘zi ko‘rsatadi
Qoldiq
Oyda bir marta sanaysiz. Tovar tugaganini mijoz so‘raganda bilasiz
Har sotilganda o‘zi kamayadi. Tovar kam qolsa, dastur oldindan aytadi
Kunlik savdo
Kechqurun kalkulyator bilan o‘tirasiz
Savdo, naqd va qarz kun bo‘yi ekranda turadi
Do‘kondan uzoqda
«Savdo qalay?» desangiz, «Yaxshi, aka» deyishadi. Qanchaligini bilmaysiz
Telefoningizda ko‘rib turasiz, har savdo Telegram’ga keladi
Sotuvchi bonusi
Oy oxirida daftarni ochib, sotuvchi bilan tortishasiz
Bonus har chekda o‘zi yoziladi, sotuvchi uni Telegram’da ko‘radi
Maosh
Kunlar, bonus va avansni har safar qaytadan hisoblaysiz
Ishlagan kuni, bonusi va avansi hisoblanib turadi. To‘lasangiz, chek chiqadi

Kassadan hisobotgacha bitta dasturda

Savdo

Navbat cho‘zilmaydi

Tovarni skaner bilan o‘qitasiz yoki nomidan topasiz. Chegirmani ham shu yerda berasiz. Naqd, karta yoki ikkalasini aralash olasiz, qaytimni dastur o‘zi hisoblaydi. Ulgurji narxga bir bosishda o‘tasiz.

Yangi tovar

Narxni kalkulyatorsiz qo‘yasiz

Nom, rasm, soni va kelish narxini yozasiz. Ustama qo‘ysangiz, sotish narxi o‘zi chiqadi. Shtrix-kodni bir bosishda yaratasiz, sotuvchi bonusini shu yerda yoqasiz.

Mijoz va qarz

Qarz ham, mijoz ham esdan chiqmaydi

Qarzga sotsangiz, kim, qancha va qachongacha olgani o‘zi yoziladi. Mijoz yangi tovar uchun oldindan pul qoldirsa, pul uning hisobida turadi, tovar kelganda shu puldan sotasiz. Almashtirishga kelsa, chek so‘ramaysiz: xaridini ismi yoki telefon raqamidan topasiz.

Ombor

Tovar tugashidan oldin bilasiz

Kirim, sanoq va chiqimni shu yerda qilasiz, tovarni bir do‘kondan boshqasiga ko‘chirasiz. Biror tovar kam qolsa, dastur o‘zi ogohlantiradi.

Hisobot va kassa

Kechqurun hisob tayyor turadi

Bugun qancha sotilgani, nima ko‘p ketgani, kim qancha sotgani va qaysi tovar turib qolgani ko‘rinib turadi. Xohlasangiz, Excel’ga yuklab olasiz. Smenani yopayotganda naqdni sanaysiz, kamomad bo‘lsa darhol bilinadi.

O‘zbek tilida, katta tugmalar

Oddiy so‘zlar, katta tugmalar. Kassir bir-ikki savdodan keyin o‘zi ishlay boshlaydi.

Ma’lumotingiz xavfsiz

Har kuni zaxira nusxa olinadi, aloqa shifrlangan. Har xodim faqat o‘ziga ruxsat berilganini ko‘radi.

Bir nechta do‘kon, bitta hisob

Har filialning o‘z kassasi va qoldig‘i bor. Rahbar hammasini bitta ekranda ko‘radi.

Chek printeri va pul qutisi

USB yoki Bluetooth printer ulanadi. Naqd to‘lovda pul qutisi o‘zi ochiladi.

Do‘koningiz Telegram’ingizda

Rahbarga, xodimga va mijozga alohida bot. Endi NeoKassa’ning o‘zi ham Telegram ichida, parolsiz ochiladi.

  • Har savdo summasi bilan, darhol
  • Har qarz to‘lovi: kim, qancha
  • Kunlik yakun har kuni 18:00 da: har filial, to‘lov turlari, qarzga, qaytish

Do‘konda har kuni beriladigan savollar

«Sotuvchiga qancha berish kerak?»

Sotuvchi bonusiSotuvchi bonusini sotishdan oldin ko‘radi. Chegirma bersa, bonusi qanchaga kamayishi savatda chiqadi, shuning uchun narxni o‘zi ushlab turadi.

  • Tannarxdan arzon sotilsa, bonus yo‘q
  • Chegaradan arzon sotilsa, yetmagani bonusdan ayiriladi
  • Har chek bonusi bilan sotuvchining Telegram’iga keladi

«Maoshni qanday hisoblayman?»

Maosh o‘zi hisoblanadiIshlagan kuni, bonusi va avansi hisoblanib turadi. Soatbay, kunbay, oylik yoki faqat bonusdan to‘lashni o‘zingiz tanlaysiz. Har to‘lovga ikki nusxa chek chiqadi.

  • Kunduz va tun uchun alohida stavka
  • Haftalik, 15 kunlik yoki oylik davr
  • Har to‘lovga ikki nusxa chek: biri xodimga, biri imzo bilan sizda

«Men qancha olaman?»

Xodim botiXodim Telegram’da «Mening hisobim»ni ochib, ish haqi, bonusi va avansini o‘zi ko‘radi. Sizdan so‘rab yurmaydi.

  • Har savdo bonus bilan keladi, «Men sotmadim» tugmasi bor
  • Olgan pullari va o‘tgan maoshlari
  • «Keldim / Ketdim»: yoqsangiz, rahbar tasdiqlaydi

«Bugun kimga qo‘ng‘iroq qilay?»

Kunlik rejaMuddati kelgan qarzdorlar, keladigan tovar va tugayotgan tovar ertalabdan bitta ro‘yxatda turadi.

  • Kechikkan, bugungi va yaqinlashayotganlar alohida
  • Mijoz va’dasi yoziladi va o‘z kunida qaytib chiqadi
  • Xodimlarga topshiriq berasiz

«Mijozga chekni qanday yuboraman?»

Mijoz botiChek, to‘lov va qarz haqidagi xabar mijozga do‘koningiz nomidan boradi. Muddati kelsa, eslatmani bot o‘zi yuboradi.

  • Mijoz «Cheklarim» va «Qarzim»ni o‘zi ochadi
  • Har chek ostida 👍 / 👎: xizmatga baho
  • QR varaqni kassaga ilasiz, mijoz o‘zi ulanadi

Qanday boshlanadi

BugunAriza qoldirasiz

Ismingiz va telefon raqamingizni qoldirasiz.

KeyinO‘zimiz sozlaymiz

Do‘koningizni ochamiz, tovarlarni Excel’dan ko‘chiramiz, kassirga ko‘rsatib beramiz.

Ertasi kuniSavdo boshlanadi

Kompyuterda yoki telefonda sotishni boshlaysiz. Ko‘nglingiz to‘lsa, davom etamiz.

Narx do‘koningizga qarab

Har paketda dasturning hamma imkoniyati bor. Farqi do‘kon, xodim va mijoz sonida. Birinchi oy bepul.

Kassa nechta bo‘lsa ham, narx o‘zgarmaydi. Sozlash va o‘rgatish bepul. Paketni xohlagan paytda almashtirasiz.

Dasturni berib, ketib qolmaymiz — yoningizda turamiz. Suhbatingizni olamiz, muammongizni o‘zimiznikidek ko‘rib, birga hal qilamiz.

NeoKassa ofisda emas, bozorda tug‘ilgan. Qarz daftari, kechqurungi kalkulyator, «bugun qancha sotdik?» degan qo‘ng‘iroqlar — bularni o‘zimiz boshdan kechirganmiz. Dasturimiz ko‘plab do‘kon va ko‘p tarmoqli filiallarda o‘z samarasini berdi.

Dastur sizga to‘g‘ri kelmasa, buni ham ochiq aytamiz. Xizmatimiz uchun esa ko‘ngildan chiqarib berasiz 😉

MuhammadNeoKassa asoschisi

Savollar

Narxi qancha?

Oyiga 150 000 so‘mdan boshlanadi. Uch paket bor, farqi do‘kon va xodim sonida. Birinchi oy bepul, sozlash va o‘rgatish ham bepul.

Qaysi qurilmada ishlaydi?

Kompyuter, noutbuk, planshet yoki telefon bo‘lsa bo‘ldi, dastur brauzerda ochiladi. Hech narsa o‘rnatmaysiz.

Chek printeri kerakmi?

Shart emas. Bo‘lsa, USB yoki Bluetooth printerni ulab beramiz, pul qutisini ham.

Soliq chekini chiqaradimi?

Yo‘q. Soliq cheki uchun alohida onlayn kassa apparati kerak. NeoKassa savdo, ombor va hisobni yuritadi.

Tovarlarimni qayta kiritamanmi?

Yo‘q. Excel’dagi ro‘yxatingizni o‘zimiz ko‘chirib beramiz.

Sotuvchilarga bonus berish mumkinmi?

Ha. Har tovarga bonus qo‘yasiz. Bonus maoshga o‘zi qo‘shiladi, sotuvchi uni Telegram’da ko‘radi.

Telefon ilovasi bormi?

App Store va Play Market tez kunda chiqadi. Hozircha telefon brauzerida app.neokassa.uz ni ochasiz, dastur xuddi shu.

Internet uzilsa-chi?

Windows dasturini shu sahifaning boshidan yuklab oling. Unda internet uzilsa ham savdo to‘xtamaydi.

Dastur rus tilidami?

Hozircha o‘zbekcha. Rus tili keyinroq qo‘shiladi.

Bir oy bepul ishlatib ko‘ring

Ariza qoldiring, o‘zimiz qo‘ng‘iroq qilamiz. Do‘koningizni sozlaymiz, tovarlarni ko‘chiramiz, kassirga o‘rgatamiz. Ko‘nglingiz to‘lsa, davom etamiz.

  • O‘zimiz sozlab, o‘rgatib beramiz
  • Tovarlaringizni Excel’dan ko‘chiramiz
  • Savolga Telegram’da odam javob beradi

Raqamingiz faqat siz bilan bog‘lanish uchun.

Yuborish orqali maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.